Kengaytirilgan qidiruv

Mintaqaviy ekologik muammolar yechimlari


03.03.2011

O‘zbekiston Milliy matbuot markazida mintaqamizda suv resurslaridan foydalanish muammolariga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Ekologik harakati, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasining Suv muammolari instituti hamda Jurnalistlar ijodiy uyushmasi hamkorligida tashkil etildi. Unda soha mutaxassislari, olimlar va jurnalistlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Ekologik harakati markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi B.Alixonov va boshqalar mustaqillikning ilk yillaridan Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mintaqaviy va global miqyosdagi ekologik muammolarning salbiy ta’sirlarini kamaytirish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Orolbo‘yidagi noxush ekologik vaziyatni bartaraf etish, hayvonot va nabotot olamini asrab-avaylash, tabiatning noyob ne’matlarini kelgusi avlodlarga yetkazish davlatimizning doimiy diqqat-e’tiborida.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov BMT Bosh Assambleyasi sammitlarida bu masalalarga xalqaro hamjamiyat e’tiborini jalb etib kelmoqda. Bugun Orol dengizining suvi chekingan hududlarida o‘rmonlar va kichik ko‘llar tashkil etish, ekotizimlar barqarorligini saqlash, hudud aholisi salomatligini asrash, turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish yuzasidan bir qator amaliy ishlar qilinmoqda.

O‘zbekiston Ekologik harakati tomonidan bugun bu boradagi muammolarga jahon hamjamiyatining diqqat-e’tiborini jalb etish, transchegaraviy daryolarning suvidan foydalanishda xalqaro huquq tamoyillariga rioya etilishiga erishish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. 2010 yil 16-17 noyabr kunlari poytaxtimizda o‘tgan mazkur masalalarga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada o‘ttizdan ortiq davlat va bir qator xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etdi. Ushbu tadbirda qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi mamlakatimiz tomonidan ilgari surilayotgan mintaqa suv resurslaridan foydalanishdagi muammolar yechimiga oid harakatlarning xalqaro miqyosdagi yana bir e’tirofi bo‘ldi.

Aholini kelajak avlodlar taqdiriga daxldor bunday dolzarb vazifalarda faollikka chorlash tegishli jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi.

Seminarda mintaqaviy ekologik muammolar va tahdidlarni hal etishda jamoatchilikning ustuvor vazifalari, transchegaraviy suv havzalaridan foydalanishga oid xalqaro huquq tamoyillari, mintaqa aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalalari, mamlakatimizda suvdan samarali foydalanish borasida bajarilayotgan ishlar, Markaziy Osiyoda transchegaraviy suv muammolarini hal etish yo‘llariga oid ma’ruzalar tinglandi.



Manba: O`zA



  • Fuqarolar uchun
  • Tаdbirkor vа sarmoyadorlarga
  • Chet el fuqаrolаrigа
O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali
  • 1 USD = 2379.75
  • 1 EUR = 3016.81
  • 1 RUB = 57.98

2014-10-21 dan
MB valyuta kurslari

www.cbu.uz
Ju 24 / 10 / 2014